
Go‘zal diyorimizning, uning latofatli go‘shasi bo‘lmish maftunkor tumanimizda o‘tkazilayotgan bayram sayillari o‘ziga xos shukuhi va tarovati bilan ajralib turadi.

19-mart tongida karnay-surnay sadolari barchani bayram sayliga chorladi. Chinakam xalq sayliga aylangan tadbirda mahallalar, tuman ta’lim muassasalari, tashkilot va korxonalar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalar, teatrlashtirilgan badiiy-musiqiy chiqishlar barchada katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, Navro‘z milliy taomlari, milliy hunarmandchik namunalari, uzoq tarixga ega bo‘lgan xalq o‘yinlari, milliy sport namunalari, o‘yin-laparlar barchaga manzur bo‘ldi. Tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari dilrabo kuy-qo‘shiqlar bilan bayramga o‘zgacha shukuh baxsh etdilar. Tadbir mehmonlari, taniqli estrada xonandalari Nihol mukofoti sovrindori Laylo Alimova hamda Jasur Umirovlarning chiqishlari ham yig‘ilganlaga zavq baxsh etdi.

Navro‘z bayrami tantanalarida tuman hokimi B. Bobonazarov ishtirok etdi.
комментариев