Davra suhbati

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tumani sudi tomonidan tumandagi mahallalar faollari, pedagoglar, tadbirkorlar hamda yoshlar ishtirokida xalq maslahatchilarini saylovini o‘tkazishda saylovning mazmun va mohiyati hamda odil sudlovni amalga oshirishdagi ahamiyatini aholiga yetkazish yuzasidan davra suhbati va targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek,O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 59-moddasida, 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi xalq maslahatchisi bo‘lishi mumkinligi belgilangan.
Xalq maslahatchilari saylovida benuqson obro‘-e’tibor va hayotiy tajribaga ega, halol va yuqori malakali mutaxassislarni hamda mehnat faxriylarini gender tengligi hamda faoliyat sohalarini qamrab olgan holda, mahalla vakillari uchun -25 foiz, huquqshunoslar -15 foiz, iqtisodchilar -15 foiz, pedagoglar -15 foiz, tadbirkorlar -15 foiz, tibbiyot xodimlari -10 foiz hamda yoshlar 35-40-osh uchun -5 foiz kvota belgilash tavsiya etilgan.
Xalq maslahatchilarining saylovini tashkil etishda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, mahalla faollari, xotin- qizlar qo‘mitalari hamda keng jamoatchilikning taklif va tavsiyalarini e’tiborga olgan holda, tavsiya etilgan nomzodlarning shaxsini atroflicha o‘rganishga hamda saylov kunida o‘ttiz besh yoshga to‘lganligiga, O‘zbekistoln Respublikasi fuqarosi bo‘lishiga, nafaqa yoshida bo‘lmasligiga alohida ahamiyat berilishi lozimligi ko‘rsatilgan.

O. Allayev,
jinoyat ishlari bo’yicha Toyloq tumani sudining raisi

комментариев