» » Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarovning "9-may ­- Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tuman ahliga bayram tabrigi

Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarovning "9-may ­- Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tuman ahliga bayram tabrigi

Aziz tumandoshlar!   
Qadrli faxriylar!

 Oqibat va totuvlik bor yurtda qut-baraka bo‘ladi, deydi ko‘pni ko‘rganlar. Zero, yurtimizda 9-mayning “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanishida o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Ushbu kun nafaqat yurt tinchligi, Vatan ozodligi yo‘lida aziz jonlarini fido qilgan, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan minglab insonlarni xotirlash, haqlariga duo qilish, shu bilan birga, yaqinlar, nuroniylar, mehr va muruvvatga muhtoj kishilar holidan xabar olish, ularning yolg‘iz emasligi, doimo e’tiborda ekanligini yana bir bor his etishlarini ta’minlash kuni sifatida ham qalbimizdan joy olgan sanadir.

Bugungi qutlug‘ ayyomda ota-bobolarimizning shonli an’analarini munosib davom ettirib, Vatan himoyasi yo‘lida o‘zini ayamasdan, fidokorona xizmat qilayotgan mard va jasur askarlarimizga, ofiser va generallarimizga minnatdorlik bildiraman. 

Muhtaram toyloqliklar!

  Barchangizni, xususan piru badavlat, duogo‘y faxriylarimizni  qutlug‘ ayyom ­"9-may ­- Xotira va qadrlash kuni" bayrami bilan samimiy tabriklayman.
    Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman. Hayotimizga fayz berib, el-yurt ardog‘ida bo‘lib yuring.
Baxtimizga hamisha omon bo‘ling!

комментариев