
Mehri daryo muallimlarning go‘zal ayyomi arafasida 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuqoridagi nom bilan tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Abdulla Nisoriy ishtirok etgan va maktab direktori o‘rinbosari A. Samandarov kirish so‘zi bilan ochgan tadbirda dastlab shoirning yaqinda chop etilgan «Hayratim bo‘lding g‘azal» devonining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari majmuadan o‘rin olgan sara g‘azallarni yoddan aytishdi. So‘zga chiqqanlar faxriy murabbiy Rahmatullo Do‘sanov, ona tili va adabiyot o‘qituvchilari Dilfuza Gʻaniyeva hamda Shahnoza Usmonovalar devon yuzasidan o‘z mulohazalarini bayon qildilar. O‘z navbatida shoir maktabning zaxmatkash murabbiylarini yaqinlashib kelayotgan go‘zal ayyom bilan qutlab, ustozlarga bag‘ishlangan she’rlarini o‘qib berdi. A. Nisoriy tadbirning faol ishtirokchilariga o‘z kitoblarini tuhfa qildi.
Gʻolib RASULOV.
комментариев