Mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Bugun 2-son Kasb-hunar maktabi binosida og‘ir toifadagi ishsiz yoshlar, probatsiya hisobida turgan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, ishsiz  hamda oliy, o'rta maxsus, kasb-hunar va professional ta'lim muassasalari bitiruvchilarini keng  jalb etgan holda tumandagi ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida  "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi. 
    Ushbu bo‘lib o‘tgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan 182 ta  bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Bundan tashqari, tadbirga jalb qilingan korxona va tashkilotlar  tomonidan maqul kelgan ishsiz fuqarolarni shu joyning o‘zida ishga qabul qilish bo‘yicha mehnat shartnomalari va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishga tayyor holda korxona rahbari va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ham ishtirok etdi. Shuningdek kasb-hunar maktabida kasbga tayyorlash xonalari bilan tanishtirildi.

комментариев