HARBIYLAR – ZIYO MASKANIDA

Toyloq tuman Axborot-kutubxona markaziga tumanimizda joylashgan 69932-sonli harbiy qism xizmatchilari tashrif buyurib, zamonaviy ziyo maskani faoliyati bilan tanishdilar.Kutubxona markazining moddiy-texnika bazasi, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar harbiy xizmatchilarda iliq taassurot qoldirdi. Tashrif doirasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining tuman «Qo‘shchinor» gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi bilan uchashuvi ham tashkil etildi.
 Unda so‘zga chiqqanlar Gazeta muharriri M. Yo‘ldosheva, harbiy qism komandiri o‘rinbosari A. Nabiyev, gazeta ijodiy xodimi, shoir A. Nisorov va boshqalar harbiylarning tahririyat hamda  Tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorligi ularning ma’naviyatini boyitishda muhim omil ekanligini ta’kidladilar.Tadbir so‘ngida shoir A. Nisoriy harbiy qismga o‘z kitoblarini tuhfa qildi.
F. HAFIZOV,  
tuman Axborot-kutubxona markazi direktori.

комментариев