«Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.Qonun bilan Jinoyat kodeksining ayrim normalariga sport sohasidagi korrupsiya uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, xususan, kelishilgan о‘yinlarni tashkil etish, ularda ishtirok etish uchun jinoiy javobgarlikni belgilashga qaratilgan qо‘shimchalar kiritilmoqda.
Ya’ni, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bо‘lishi, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olishi uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Qonun korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga mustahkamlashga xizmat qiladi.
O. Allayev
Jinoyat ishlari bо‘yicha Toyloq
tuman sudining raisi.
комментариев