🇺🇿 “Bolalar harakati” Respublika sardorlari saylovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand viloyat Toyloq tuman Uzunqishloq MFY yoshlaridan biri Isroilova Ruxshona Ibodovna Respublika "Yashil makon" yoʻnalishi sardori etib tayinlandi.
✅ Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da tashkil etilgan O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” Respublika sardorlari saylovi final bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
👥 Respublika sardorlar saylovida hududlardan kelgan sardorlar ikki bosqichda, uch shartdan iborat bo‘lgan saylov jarayonlarida ishtirok etdi.
🏆 Saylovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 14 nafar bolalar Respublika sardori etib saylandi va ularga tashkilotchilar tomonidan “Ishonch yorlig‘i”, “Sardorlik belgisi” hamda zamonaviy noutbuk va O‘zbekiston bolalar tashkilotining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Uzunqishloq MFY yoshlar yetakchisi Alqorova Gulnoza.
комментариев