Buni hamma bilishi shart!

   Yaqin kunlarda yurtimizda eng katta bayram birinchilardan biri - Yangi yil bayrami keng nishonlanadi. Lekin ushbu bayram arafasida pirotexnika vositalari savdosining avj olishi ko‘ngilni xira qiladi. Ayniqsa, yosh bolalarimizni bilib-bilmasdan ushbu vositalar bilan muomalada bo‘lishi ko‘ngilsiz holatlarni keltirishi mumkin.

 Pirotexnika vositalarini bolalar qiziquvchanliklari va xavfli oqibatlarini anglab yetmasliklari sababli o‘ynaydilar, albatta.
Har yili dunyo bo‘ylab ko‘plab insonlar pirotexnika vositalaridan jabrlanishadi, ayrimlari bir umrga nogiron bo‘lib qolishadi. Bunday noxush xolatlarning oldini olish uchun Toyloq tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan maktabgacha ta’lim va ta’lim muassasalarida bolajonlar o‘rtasida muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Toyloq tuman FVB katta inspektori
kapitan Abduxaliyev Farxod Baxtiyarovich

комментариев