
Toyloqda qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni va “Hosil bayrami” katta shodiyona bilan nishonlandi. Unda to‘kinlik va farovonlik ijodkorlari – bobodehqonlarning, butun tuman ahlining mehnati yana bir bor ulug‘landi.
Tadbirda tuman hokimi Bahodir Bobonazarov so‘zga chiqib, soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi. Shundan so‘ng, 2024-yil davomida tumanda meva-sabzavot, uzumchilik, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi sohalarida sitqidildan mehnat qilgan, jonkuyarligi bilan soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan bir guruh qishloq xo‘jaligi xodimlari tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, samarali mehnat qilgan 16 nafar dehqonlar “Ilg‘or fermer”, “Namunali tomorqachi”, “Mehnatkash dehqon” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan yangragan sho‘x qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
комментариев