» » Namunali_madaniyat_markazi_foydalanishga_topshirildi

Namunali_madaniyat_markazi_foydalanishga_topshirildi

   Kuni kecha  Toyloq tuman madaniyat bo'limi tasarrufidagi 72-son "Zamin" madaniyat markazi binosi to'liq ta'mirdan chiqarilib foydalanishga topshirildi.
Namunali madaniyat markazning ochilish marosimida, Toyloq tuman hokimining o'rinbosari Jahongir Haqberdiyev, Toyloq tuman hokimining qurilish, kammunikatsiyalar bo'yicha o'rinbosari Sardor Eraliyev "Nuroniylar" kengashi raisi Musoxon To'rayev  va tashkilotlar mas'ullari hamda jamoatchilik vakillari  ishtirok etishdi.
Shundan so'ng ushbu markazga tashrif buyurgan mehmonlar madaniyat markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi.

Eslatib o'tamiz, Prezidentimizning 2023-yil 22- dekabrdagi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat  kengash yigʻilishida “Namunali” madaniyat markazlarini taʼmirlash, ularni moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek zamonaviy kinoteatrlarni tashkil etish bo'yicha bergan topshiriqlari asosida ushbu markaz to'liq qayta ta'mirdan chiqarildi.

комментариев