» » Toyloqda yangi yil bayrami arafasida 6 ta ijtimoiy soha ob’yektlari foydalanishga topshirildi

Toyloqda yangi yil bayrami arafasida 6 ta ijtimoiy soha ob’yektlari foydalanishga topshirildi

   Shularda biri 51-umumta’lim maktabidir. Maktabda o‘quvilar soning ko‘pligi sababli sinfxonalar yetishmas edi. Shu boisdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2023 yildagi “2024 — 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-404-sonli qarori asosida 240 o‘rinli qo‘shimcha bino qurildi. Buning uchun 1 mlr. 783 mln so‘m mablag‘ sarflandi. 
    Mazkur binoning ochilish marosimida tuman hokimi Bahodir Bobonazarov, mehnat faxriylari, mahalla faollari, nuroniylar, maktab jamoasi ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi barchani yangi yil bayrami bilan qutladi va yangi o‘quv binosi farzandlarimizning bilimli va iqtidorli bo‘lib ta’lim-tarbiya olishlariga xizmat qilishini ta’kidladi.
    Shundan so‘ng, nuroniylar qizil lentani kesib, binoda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

комментариев