Toyloq tumani hududida aholi kayfiyatiga salbiy ko‘rsatayotgan birinchi navbatda amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar manzilli dasturiga asosan 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun 120 o‘rinli oshxona qurib, foydalanishga topshirildi. Qolaversa, 12 ochkoli hojatxona qurildi, yozgi ayvoncha hamda mavjud bino joriy ta’mirlandi. Hovli qismi betonlashtirildi.
Binoning ochilish marosimida ishtirok etgan sektorlar rahbarlari, mahalla nuroniylari tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan bayram dasturini tomosha qilishdi.
комментариев