
Dastlab deputatlar Xo‘jaqishloq mahallasi yettiligi ish faoliyati bilan tanishib, fuqarolarni, tadbirkorlarni qabul qilishdi. Fuqarolar Obid Obloqulov, Ma’ruf Shonazarovlar Xo‘jaqishloq, Saribozor, Jumabozor, Jalolobod mahallarida elektr energiya quvvati kamligi, 100 dan ortiq transformatorlar mavjudligi qayd etishdi, tadbirkorlar va fuqarolar aynan shu hududga alohida elektr liniyasi tortib kelish masalasini qo‘yishdi va bu masalada deputatlardan amaliy yordam so‘rashdi. Shuningdek mahalla hududida yengil turdagi konstruksiyalar asosida mahalla yoshlari va nuroniylari uchun mahalla kutubxonasini tashkil etish bo‘yicha takliflar bo‘ldi. Ushbu masalalar deputatlar tomonidan qayta mukammal o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilib, nazoratga olinadigan bo‘ldi.

Shuningdek deputatlar Jumabozor OSHP da bo‘lib, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish darajasi va binoning qish mavsumiga isitish tizimi o‘rganildi. Mazkur OSHP 22443 nafar aholiga laboratoriya, muolaja, doya, sterilizatsiya, stomatologiya va emlash ishlarida oilaviy shifokor, katta hamshira, patronajlar aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Oliy toifali shifokor F. Esanovaning ta’kidlashicha aholi tomonidan kasalliklarini samarali davolashda tuman tibbiyot birlashmasi va viloyat tibbiyot markazlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yaxshi natijalar bermoqda. Bugun barcha turdagi kasallik bilan shifoxonaga kelgan bemorlar tajribali shifokorlar uni zudlik bilan tahlil qilib, tegishli tavsiyalarni bermoqda. Oqibatda og‘ir ahvoldagi bemorlarga o‘z vaqtida tez, sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilib, kasallik bilan bog‘liq o‘lim holatlari kamaytirilishiga erishilmoqda.


O‘zLiDeP viloyat Kengashi Matbuot xizmati
комментариев