» » Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik yuzasidan seminar tashkil etildi

Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik yuzasidan seminar tashkil etildi

2025-yilning 17-yanvar kuni viloyat Statistika boshqarmasinig  “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi etakchi mutaxassisi K.Temirov va tuman Statistika bo‘limi etakchi mutaxassisi G‘.Xasanovlar tomonidan Toyloq tumanidagi 31-umumta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun seminar tashkil etildi.
Tadbirni mazkur maktab direktori M. Norbo‘tayev ochib, aholini ro‘yxatga olishning mazmun mohiyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda K.Temirov tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbirini maqsadi, vazifalari hamda o‘tkazish boshqichlari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Mustaqil O‘zbekistonda ilk bor bu tadbir o‘tkazilayotganini inobatga olgan holda qabul qilingan mе’yoriy-huquqiy hujjаtlаr, ya’ni O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2019-yil 5-fеvrаldаgi “O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа 2022-yildа аhоlini ro‘yхаtgа оlishni o‘tkаzish kоntsеpsiyasini tаsdiqlаsh to‘g‘risidа”gi PF-5655-sоn Fаrmоni, 2020-yil 16-mаrt O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti tоmоnidаn O‘RQ-611-sоn bilаn tаsdiqlаngаn qonuni, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining  2020-yil 3-аvgustdаgi “Milliy stаtistikа tizimini tаkоminllаshtirish vа rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi PQ-4796-sоnli qаrоri, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsi 2020-yil 11-nоyabrdаgi “O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа 2023-yildа аhоlini Ro‘yхаtgа оlishgа tаyyorgаrlik ko‘rish vа uni o‘tkаzish chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа»gi 710-sоnli qаrоri hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son Qarori qabul qilinganligi, Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025—2026-yillarda amalga oshirilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, ma’ruzachi tomonidan Qarorning mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.
Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga K.Temirov atroflicha javob berdi.

Sh. Qurbonov
Tuman Statistika bo‘lim boshlig‘I     

комментариев