» » Toyloqda Behbudiyning 150 yilligi keng nishonlandi

Toyloqda Behbudiyning 150 yilligi keng nishonlandi

   Bugun Toyloq tuman 2-son politexnikumida Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Mahmudxo‘ja Behbudiyning evarasi Behbudiy Shoxruz Shavkatovich, tuman hokimi o‘rinbosari J.Haqberdiyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z.Avazov, tuman MMT bo‘limi mudiri O‘.Usmonov, “Qo‘shchinor” gazetasi bosh muharriri M.Yo‘ldosheva, shoir A.Nisoriylar Behbudiyning hayoti, boy ilmiy-adabiy merosiga bag‘ishlangan ma’ruza qildilar.
 Tadbir davomida o‘quvchilarning badiiy-teatrlashgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. “Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovida g’olib bo’lganlarga hamda 15-umumta’lim maktabi jamoasiga tuman hokimligi, tashkilotchilarning tashakkurnomalari hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Bizni kuzatib boring: 👇
@qushchinor_uz

комментариев