
Toyloq tuman 2-sektor hududi Charog‘bon mahallasida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivining hududi 27.4 gektar iborat bo‘lib, massivda jami 5264 xonadonli 47 ta ko‘p qavatli turar-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Shundan bugungi kunda 10 ta ko‘p qavatli turar-joylarning qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari massivda 1 ta 300 o‘rinli DMTT, 1 ta 1650 o‘rinli umumta’lim maktabi, 1 ta 100 qatnovli oilaviy poliklinika, 1 ta Boshqaruv kompaniya binosi, 1 ta savdo markazi, 1 ta Soworking binosi va Workout maydonchasi qurilishi rejalashtirilgan. Unda tuman hokimi B.Bobonazarov va tuman prokurori A.Abdullayev hamda tashkilot rahbarlari bilan birga “Yangi O‘zbekiston” massivini qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi va kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.
комментариев