» » “HARBIY VATANPARVARLIK KUNI”

“HARBIY VATANPARVARLIK KUNI”


    Ayni kunlarda tumanimizda "Vatanparvarlik oyligi" doirasida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, shuningdek, mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida keng ko‘lamdagi tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, 36-umumta’lim maktabida Milliy gvardiya bo'limi xodimlari hamda mayor A. Sheraliyev bilan hamkorlikda yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “HARBIY VATANPARVARLIK KUNI” o’tkazildi. Tadbir davomida o’quvchilar harbiy qurol-yarog’lar, shaxsiy himoya vositalari bilan tanishdilar va o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Uchrashuvda o‘quvchilarga «Davlatimizning yoshlarga oid siyosati»,  «Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi shiorining mazmuni» hamda «Yoshlarning ongida vatanparvarlik g‘oyalarini uyg‘otish»  kabi mavzular bo‘yicha  tushuncha berildi.

комментариев