
Jumladan, Toyloq tumanidagi 50 ta mahallalarda ham bugun “mahalla yettiligi”ning hamjihat va hamfikrliligi bois aholining mahallaga, mahalla xodimlari orqali davlatga yanada ishonchi mustahakamlanmoqda. Bu ishlar avvalo bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, xotin-qizlar, yoshlar, nuroniy otaxon va onaxonlarimizga manzilli yordam ko‘rsatish, fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, kambag‘allikni qisqartirish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan uyg‘un holda olib borilayotgani diqqatga sazovordir.
Mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish, yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, mahallaning obodligi va xavfsizligi, tinch va farovonligi yo‘lida mehnat qilayotgan qadrli mahalla tizimi xodimlari! Sizlarni 22-mart-Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman! Hamisha mahallangiz tinch, oilalarda yaxshi kunlar ko‘p bo‘lsin!
комментариев