MAHORAT DARSLARI BO'LIB O'TDI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2018 yil 28-noyabrdagi PQ-4038 qarori hamda "Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish"ga doir 2022 yil 2-fevraldagi PQ-112 son qaror ijrosini taʼminlash shuningdek Ilgʻor tajribalarini ommalashtirish O'zbekiston Xalq artisti, O'zbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar hamda el ardogʻidagi sanʼatkorlarning ijodiy namunalarini yosh avlodga yetkazish maqsadida 2025 yilning fevral  oyida 
Toyloq 29-son bolalar musiqa va sanʼat maktabining An’anaviy xonandalik bo‘limi o‘quvchilariga Toyloq tuman madaniyat bo'limining xush ovoz xonandasi Sanjarbek Rasulov tomonidan MAHORAT DARSI o‘tkazildi.  Mahorat darsi maktab o‘quvchilariga an'anaviy xonandalik bilan shugʻullanishga katta qiziqish uyg’otdi. Mashg’ulotlardan so‘ng o‘quvchilar va o‘qituvchilar estalik suratlarga tushishdi.

комментариев