
Tahririyatimiz adabiy xodimi, taniqli g‘azalnavis shoir va jurnalist Abdulla Nisoriy samarali ijodiy faoliyati hamda yosh avlod ma’naviyati yo‘lidagi xizmatlari uchun Turon Fanlar akademiyasi hamda Xalqaro «Sadriddin Ayniy» Fondi tomonidan Sadriddin Ayniy esdalik nishoni bilan taqdirlangan edi. Bugun tahririyatda ana shu mukofot « Buyuk Turon» xalqaro jurnali bosh muharririning o‘rinbosari Xoliq Hakimov tomonidan shoirga topshirildi.
комментариев