♻️O‘zLiDeP Toyloq tumani “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Salomatlik sari” loyihasi doirasida “Sog‘lom xalq, sog‘lom millat – buyuk ishlarga qodir bo‘ladi” mavzusida tumandagi markaziy shifoxonasida, tuman Kengashi deputati I.O‘rinov tomonidan 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.
Tibbiy ko‘rikda 100 nafar xotin-qizlar, yoshlar terapevt, kardiolog, pediatr, okulist, ginekolog va boshqa xastaliklarni davolovchi shifokorlar qabulida bo‘lib, o‘zlari uchun tibbiy muolajalarni oldilar.
♻️Ko‘rik davomida aholining salomatlik ko‘rsatgichlari tahlil qilindi va bir guruh nogironligi bor shaxslarga imtiyozlar belgilandi, turli xastaliklari borligi aniqlangan fuqarolarga viloyat shifoxonalarida imtiyozli davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.♻️ "Bir deputat - yuz ayolga ko‘makchi!" loyihasi doirasida xotin-qizlarga dori-darmonlar va jarrohlik amaliyotlari uchun har xil turdagi yordamlar ko‘rsatildi.

комментариев