

Shuningdek, seminarda O‘zLiDeP viloyat Kengashi risi o‘rinbosari, viloyat Oqila ayollar harakati rahbari Jamila Sayfiddinova, viloyat Kengashi deputatlari Mutabar Yuldashova, Ziyoda Ishmuratovalar so‘zga chiqib yangi Konstitutsiyamiz normalari, inson qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi, xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, manfaatlari himoyasiga qaratilgan normalar ham mustahkamlab qo‘yilgani va yurtimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan, yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida fikr mulohazalarini bildirishdi.
Ayniqsa, Konstitutsiyaning 42-moddasida homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi mustahkamlab qo‘yilganligi, ba’zi soha va tashkilotlarda homilador yoki yosh bolali ayollarni ishga qabul qilinishdagi cheklovlar va bu kabi holatlarga Konstitutsiya darajasida chek qo‘yilishi ayollarning mehnatga oid huquqlarini himoya qilishga, ular uchun zarur mehnat sharoitlari bosh qomusimizda belgilanib qo‘yilganligi e’tirof etildi.

Yangi Konstitutsiyamizda xotin-qizlar huquq va manfaatlari borasida mustahkamlab qo‘yilgan yangi normalar ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar ko‘lamini yanada kengaytiradi, yurtimiz ayollariga, faol va tashabbuskor qizlariga keng imkoniyatlar yaratadi. Bir so‘z bilan aytganda, yangi Konstitutsiya xotin-qizlarning asosiy himoyachisiga aylandi.
O‘zLiDeP viloyat Kengashi Matbuot xizmati
комментариев