» » Bosh prokuror o'rinbosari Toyloq tumanida bo'ldi

Bosh prokuror o'rinbosari Toyloq tumanida bo'ldi

      Bosh prokuror o‘rinbosari, Bosh prokuraturadagi Respublika qurilish shtabi rahbari S.Samadov Toyloq tumanida bo'lib, tumanda bajarilayotgan qurilish,  bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi.
       Xususan, tumanning Charog'bon mahallasidagi "Yangi O'zbekiston" massividagi ko'p qavatli uy-joylar qurilishi, Bog'izag'on mahallasidagi 57-maktab binosining ta'mirlash ishlari, shuningdek, Prezidentimizning PQ-330-sonli qarori ijrosini ta‘milash bo‘yicha 2025-yilda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida aholi tomorqa yerlarni sug‘orishni yaxshilash maqsadida "Nuroniy", "O'ray elipok", "Taraqqiyot", "O'rta qishloq", "Ilmobod" MFYlar  hududida ariqlarni betonlashtirish va lotoklashtirishi borasidagi ishlar joyiga chiqqan holda ko'zdan kechirildi.
       Qurilish ishlari belgilangan muddat va yuqori sifatlarda bajarilishi bo'yicha  zaruriy ko'rsatmalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt

комментариев