
✅Xabaringiz bor Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mamlakatimizda “Iqtidor maktab ansambli” Respublika tanlovi tashkil qilingan edi.
🪕 Joriy yilning 8-aprel sanasi Toyloq tumani 29-son BMSMda "Iqtidor maktab ansambli" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.
Yakuniy natijalariga ko‘ra:
🥇1-o'rinni 12-maktabning "Rubobchilar" ansambli;
🥈2-o'rinni 14-maktabning "Dutorchi qizlar" ansambli
🥉 3-o'rinni 3-maktabning "Sanʼat gʻunchalari" ansambli qo‘lga kiritishdi.
♦ Shuningdek, 25-maktabning "Milliy ansambl" jamoasiga tanlovning faol ishtirok etganligi Sertifikati topshirildi.
🎼G'oliblikni qo'lga kiritgan maktablar jamoalari maxsus diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
✈️ Eslatib o‘tamiz, tanlovning Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa xorijiy davlatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.
© Toyloq tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati.
комментариев