» » Targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tmoqda

Targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tmoqda

Toyloq tuman 2-son politexnikumida umumta'lim maktablarining 9-11 sinf bitiruvchi o‘quvchilarining kasbga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida "KASBIM-MENING FAXRIM MENING " loyihasi doirasida targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.
     Ushbu tadbirda tumandagi 10-20-umumta'lim maktabining  9-11sinf bitiruvchilari ishtirok etib, texnikumda amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiya jarayoni, moddiy texnik bazasi, o‘quv xonalari, ustaxonalar  haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lishdi.
     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kasbiy ta'limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta'lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158-sonli  farmoni mazmuni va mohiyati haqida tushunchalar berildi.

комментариев