TAJRIBA O‘ZINI OQLADI

#Hamshira_2025
    Toyloq tuman tibbiyot birlashmasida so‘nggi yillarda keng islohotlar quloch yozib xodimlar uchun kerakli shart-sharoitlar yaratildi.  
      Birgina birlashmaning o‘zida juda keng ko‘lamli ishlar bajarildi. Xususan,  Qabul Emergency department bo‘limi qaytadan tamirlandi, qulayliklar yaratildi. Bu esa o‘z navbatida xodimlar oldida ham birmuncha masʼuliyat yuklaydi. 
      Har yili anʼanaga aylanib o‘tkazilib kelinayotgan "Hamshira" tanlovining viloyat bosqichida "Yilning eng yaxshi Qabul Emergency department bo‘limi hamshirasi" nominatsiyasi bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasining Qabul Emergency department bo‘limida sal kam chorak asrga teng mehnat tajribasiga ega bo‘lgan o‘rta tibbiyot hamshirasi Mastura opa Ergasheva eng yaxshi hamshira nomiga sazovor bo‘ldi. 

     — Bu yutuq birgina birlashmaning emas balki butun bir tumanning, Toyloq tuman tibbiyot birlashmasining  yutug‘i deb hisoblayman, -deydi M. Ergasheva. 
    
     Toyloq tuman tibbiyot birlashmasi maʼmuriyati Mastura opa kabi o‘z kasbini sevguvchi fidoyi va jonkuyar xodimlari safini kengayishini istab,  bo‘lim hamshirasining Respublika bosqichida tumanimiz sharafini munosib himoya qilishida omad va zafarlar tilab qoladi.

Toyloq tuman tibbiyot birlashmasi Axborot xizmati

Кanalga qo‘shiling:👇
👉 
https://t.me/toyloqttb1_uz

комментариев