
Ma'naviyatning shakllanishida kitobning o'rni beqiyos.Kitob yosh avlodga chinakam aqliy, axloqiy, estetik tarbiya berish vositasidir.Kitob ularni erkin fikrlashga, dunyoqarashini kengaytirilishiga, go'zal nutq sohibi bo'lishga o'rgatadi.
Toyloq tuman axborot kutubxona markazi hamda Toyloq tumanidagi 54-umumiy o‘rta ta'lim maktab hamkorligida maktab o‘quvchilari ishtirokida " Kitobim oftobim" haftaligi doirasida "Jonivorlar sarguzashtlari" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o`quvchilar kitob haqida she'rlar, ibratli so`zlar, kitob haqida malumotlar aytishdi va raqsga tushib, sahna ko`rinishi namoyish etishdi.Tadbir ko`tarinki ruhda o`tdi va tadbir ishtirokchilarga katta taasurot qoldirdi. Tadbir so`ngida tadbir tashkilotchilari va faol qatnashgan o`quvchilar axborot-kutubxona tomonidan rag`batlantirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatishda davom eting! Instagram / Telegram/ Web sayt /You tube/Facebook

комментариев