Toyloq tumanidagi 21-umumta’lim maktabida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. "Til-millat ko‘zgusi" deb nomlangan dastlabki tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari J.Haqberdiyev ishtirok etdi va davrani ochib berdi.
Tadbirda maktab o‘quvchilari kitob, kutubxona, o‘zbek tili haqidagi she’r va qo‘shiqlar sahna ko‘rinishlarini ijro etib, raqsga tushishdi. Tadbirda faol ishtirok etganlar Axborot-kutubxona markazi tomonidan estalik sovg‘alar va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

комментариев