» » “BOR MEHRIMIZ SHU VATAN, SHU XALQ UCHUN!” AKSIYASIGA MARHAMAT

“BOR MEHRIMIZ SHU VATAN, SHU XALQ UCHUN!” AKSIYASIGA MARHAMAT

⚡️Oliy maqsad - aholi salomatligi!


💉 “BOR MEHRIMIZ SHU VATAN, SHU XALQ UCHUN!” shiori ostidagi ushbu aksiya doirasida barcha hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kambag‘allik reestriga kiritilgan aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash va bemorlarni yashash hududining o‘zida bepul sog‘lomlashtirish ko‘zda tutilgan.
         Ushbu aksiya doirasida Toyloq tuman  tibbiyot birlashmasining  barcha tibbiyot muassasalarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kambag‘allik reestriga kiritilgan aholi hamda homilador ayollar orasida kasalliklarni erta aniqlash va aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tuman, viloyat, respublika ixtisoslashgan markazlarida davolanishiga amaliy yordam berilishi ko‘zada tutilgan.
   Toyloq tumanida joriy yilning 26-apreldan  25-may kunlari tumanning barcha hududlari jumladan, olis va chekka hududlarda “Sog‘lomlashtirish oyligi”  belgilangan grafik asosida tibbiyot muassasalarida  o'tkaziladi.


       🔔Shu munosabat bilan Toyloq tuman aholisini sog'lomlashtirish va "BOR MEHRIMIZ SHU VATAN, SHU XALQ UCHUN!" aksiyasida faol ishtirok etishingizni so'raymiz.


🔺O'z sog'lig'ingizga befarq bo'lmang!!!


Toyloq tuman tibbiyot birlashmasi Axborot xizmati.


Кanalga qo‘shiling:👇
👉 https://t.me/toyloqttb1_uz

комментариев