» » Toyloqlik ziyoratchilar muborak safar sari yo‘l oldilar

Toyloqlik ziyoratchilar muborak safar sari yo‘l oldilar

Toyloq tumanidan 47 nafar bo‘lajak hoji ota va hoji onalarimiz muborak Haj amalini ado etish uchun safarga yo‘l olishadi. Ularni tuman hokimligida tuman hokimi Bahodir Babonazarov, Din ishlari bo’yicha qo’mita vakili N. Mamarayimov, tuman bosh imom-xatibi, hoji otalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ezgu tilaklar ila kuzatishdi.
    Ulug‘ va savobli ibodat — Haj safariga otlanayotgan aziz yurtdoshlarimizning duolari qabul bo‘lib, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va yurtimiz ravnaqi yo‘lida qilgan har bir duolari ijobat bo‘lishini tilab duo qilindi.


Barcha hojilarimizga sog‘-omon borib, ibodatlarini muvaffaqiyat bilan ado etishlarini va aziz yurtimizga eson-omon qaytishlarini tilab qolamiz.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt

комментариев