» » Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab yuqori havo harorati kuzatilmoqda. Saraton kunlarida qanday ovqatlanish kerak?

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab yuqori havo harorati kuzatilmoqda. Saraton kunlarida qanday ovqatlanish kerak?

✅Yoz kunlari ko‘proq taomnomaga ho‘l mevalar va xom holatdagi sabzavot hamda ulardan tayyorlangan salatlarni kiritish lozim.  ✅Go‘sht va uning o‘rnini bosuvchi ba’zi (dukkakli) mahsulotlarni iste’mol qilish maqsadga muvofiq. Xususan, issiq kunlarda mastava, qaynatma sho‘rva, manpar va shunga o‘xshash yengil hazm bo‘luvchi taomlarni yeyish kerak.
 ✅Dasturxonimizda, albatta, sabzavot va mevalar, ulardan tayyorlangan salatlar, bodring, pomidor, piyoz, ko‘k piyoz, ko‘katlar bo‘lishi kerak.
✅Ho‘l mevalardan tayyorlangan sharbatlar tarkibida esa shakar imkon qadar kam yoki umuman bo‘lmasligi lozim.
✅Yozning issiq kunlarida sho‘r baliq, dudlangan go‘sht, konserva, tuzli mahsulotlarni iste’mol qilish umuman tavsiya etilmaydi.Chunki ular chanqash holatini yanada kuchaytiradi.
✅Qovun va tarvuz esa tushlik vaqtida yeyilsa yaxshi bo‘ladi.

Sanepidqo‘mita Toyloq tuman bo‘limi


https://t.me/qushchinor_uz

комментариев