YOZ O‘TMOQDA SOZ

 21-DMTTda o‘tkazilgan seminarda tumandagi barcha DMTT direktorlari hamda direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi. 
Seminarda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O‘. Usmonov so‘zga chiqib, mavsum davomida bolalar salomatlikni muhofaza qilish va mustahkamlash, yozgi davrda maktabgacha yoshdagi bolalarning harakatlanish faolligini, hissiy va kognitiv rivojlanishini  ta’minlash, bolalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan ta’limiy tarbiyaviy jarayonning samarali shakllari, bolalarni sog‘lom turmush  tarzi va bilimga bo‘lgan  qiziqishini rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar har bir davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari kesimida tahlil qilindi.
Seminar davomida 21-DMTTi tarbiyalanuvchilari tomonidan sahna ko‘rinishlari, chiniqtirish mashg‘ulotlari namoyish etildi.

комментариев