
Bugun tumanimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari yangrab, yangi o‘quv yilining ilk mashg‘uloti "Mustaqillik darsi" bilan boshlandi. An'anaga ko‘ra, ushbu mashg‘ulotlarda rahbarlar ishtirok etishdi.
Xususan, Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev tumandagi Ixtisoslashtirillgan maktabda bo'lib, bayram tadbirida ishtirok etdi.

Maktab o'qituvchi va ota-onalari bilan suhbatlashib, kelgusi o'quv yilida bitiruvchi o'quvchilarimiz to'liq oliygohlarga kirishi bo'yicha kelishib olindi. Maktabning 11-sinf o‘quvchilariga “Mastaqillik darsi”ni o‘tdi. Dars jarayonida mustaqillik tarixiga nazar tashlandi, bu ulug‘ ne’matga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklar, ota-bobolarimizning jasorati yodga olindi.

Bugungi tinch va farovon hayotni qadrlash, buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘lish, buning uchun chuqur bilim olib, Yangi O‘zbekiston ravnaqi uchun astoydil xizmat qilish, Vatanga munosib farzand bo‘lish lozimligini qayd etdi.
комментариев