» » Ustoz san'atkor Ilhom Sirojiddinov 60 yoshda

Ustoz san'atkor Ilhom Sirojiddinov 60 yoshda

⚡️ Bugun xalqimizning sevimli san’atkori, mohir bastakor, O‘zbekiston madaniy merosini targ‘ib etishda alohida o‘ringa ega ijodkor – Ilhom Sirojiddinovning 60 yillik yubileyi munosabati bilan katta ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.

✅Ushbu tadbir Toyloq tumani Madaniyat bo‘limi qoshida faoliyat yuritayotgan “Shashmaqom” ansambli badiiy rahbari sifatida xizmat qilib kelayotgan ustoz san’atkorning boy ijodiy merosi, madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, yosh avlodga ilm-fazilat ulashishdagi xizmatlariga bag‘ishlandi.
 Tadbirda Toyloq tumani hokimining o'rinbosari J.Haqberdiyev hamda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari Z.Avazovlar  ishtirok etib, tuman hokimligi nomidan  Ilhom Sirojiddinovni yubiley bilan samimiy tabrikladi. Ustozga kelgusi faoliyatida kuch-g‘ayrat, sihat-salomatlik, va yangi-yangi yutuqlar tiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев