Bu borada tumanimizda ham amaliy ishlar boshlab yuborildi
Maʼlumki, kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha Respublika kengashi majlisining 2025-yil 20-sentabrdagi “Ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash maqsadida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalarini kadrlar buyurtmachisi va sanoat hamkori sifatida texnikumlarga biriktirish to‘g‘risida”gi 80-6-bayonida hamda shu asosda Viloyat oily talim fan va innovatasiyalar boshqarmasi boshligining joriy yil 27-sentabrdagi 18 400-sonli xatida texnikumlar direktorlariga bir qator vazifalar yuklatilgan edi. Jumladan,
- Bir oy muddatda biriktirilgan sanoat hamkorlari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish; - Texnikumlarda o‘quv jarayoni grafigini hamda o‘quv dasturlarini biriktirilgan sanoat hamkorlari bilan birgalikda ko‘rib chiqilishini hamda ulardagi texnologik jarayonlarga moslashuvchan ta’lim dasturlar joriy etishni yo‘lga qo‘yish;
- Sanoat hamkorlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash hamda o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan seminar-treninglar va anjumanlar tashkil etib borish;- Kasbiy ta’lim tashkilotlari va sanoat hamkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish ishlarini tashkil etish vazifalari belgilangandi.
Bu borada tumanimizda ham amaliy ishlar boshlab yuborildi. Masalan tuman 2-son politexnikumiga Toyloq tuman fermerlar kengashi Bog‘izog‘on sharob zavodi va boshqalar biriktirildi. Politexnikumda sanoat hamkorlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash yuzasidan hamda o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi. Bu kabi ijobiy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Аzamat ALIQULOV.
ishlab chiqarish ta'limi ustasi.
ishlab chiqarish ta'limi ustasi.

комментариев