» » Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suhrob Zayniyev Galabotir mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suhrob Zayniyev Galabotir mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi

Bugun Galabotir mahallasida Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suhrob Zayniyev ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Lola Rustamova hamda turli yo‘nalishdagi tor soha mutaxassislari qatnashdilar.
Qabul davomida aholining sog‘liqni saqlash tizimi bilan bog‘liq muammolari, shikoyat va murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan tibbiy xizmat sifati, davolanish jarayoni va shifokorlar faoliyati bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
Mutasaddilar har bir murojaatni alohida o‘rganib chiqish, zarur hollarda joyiga chiqib masalani hal etish bo‘yicha topshiriqlar berdilar.
Sayyor qabul jarayonida bir qator murojaatlar joyida hal etildi, ayrim masalalar esa nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar hamkorligida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

комментариев