FVV ogohlikka chaqiradi

🔈❗️ Hurmatli fuqarolar❗️
☄️Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz, elektr va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Isitish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiradi.

Quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

🔹isitish pechlari va ularning dudburonlari sozligiga, turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligi hamda yoriqlar bo‘lmasligiga alohida e’tibor bering;
🔹gaz uskunalarini ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang❌
🔹qo‘lbola va nosoz elektr hamda gaz isitish jihozlaridan foydalanish hayot uchun xavfli ekanligini yodda tuting; 
🔹maxsus tashkilotlar tomonidan dudburonlarning o‘z vaqtida tozalanishiga e’tibor qarating.

⚡️HURMATLI FUQAROLAR IS GAZIDAN OGOH BO‘LING!

➡️Boshqa yangiliklar

📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X

комментариев