Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev Do‘stlik mahallasiga bo‘lib, hudud aholisi bilan uchrashdi hamda fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan muammo va takliflarni joyiga chiqib o‘rgandi. Uchrashuvda tegishli tashkilot mas’ullari ham ishtirok etib, mahalladagi mavjud masalalar atroflicha muhokama qilindi.O‘rganish avvalida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida hududda olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va kelgusida rejalashtirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, hududda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish masalasi ham muhokama qilindi. Mahallada mavjud bo‘lgan ayrim qarovsiz binolardan samarali foydalanish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilot vakillariga aniq topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi mahalla aholisi bilan samimiy suhbat qurib, fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, farzandlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda jamiyatda shukronalik tuyg‘usini mustahkamlash borasida o‘z tavsiyalarini bildirdi.Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев