» » Tibbiyotdagi islohotlar xalq manfaatiga xizmat qilishi kerak

Tibbiyotdagi islohotlar xalq manfaatiga xizmat qilishi kerak

Tumanda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan yangi islohotlar yuzasidan 4-son oilaviy poliklinikada seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda oilaviy poliklinika mudirlari, soha mutaxassislari hamda tuman hokimi o‘rinbosari J. Radjabov ishtirok etdi.
Seminar davomida sog‘liqni saqlash tizimida joriy etilgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va amaliyotdagi ahamiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda aholining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotga singdirish maqsadida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari, ertalabki yurishlar va boshqa ommaviy sog‘lomlashtirish tadbirlarini hudud aholisi bilan birgalikda tashkil etish,  nogironligi bor qatlam bilan tizimli ishlash,  o‘z vaqtida ko‘riklardan o‘tishini taʼminlash bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Seminar yakunida tuman hokimligi masʼullari muassasaning ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, sohada mavjud muammolarni bartaraf etish hamda islohotlarni samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев