Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi 1- va 2-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimi hamda tuman IIB boshlig‘i boshchiligida keng qamrovli profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda tuman IIB xodimlari, 16 ta tashkilot va idoralar vakillari hamda mahalliy hokimiyat mas’ullari ishtirok etdi.Tadbir tumanning Baxshitepa mahallasida “Xavfsiz hudud” shiori ostida tozalash va tezkor-profilaktik reyd shaklida tashkil etildi.
Jarayon davomida mahalla hududida istiqomat qiluvchi muqaddam sudlangan, probatsiya hisobida turgan, jinoyat sodir etishga moyil yoki yuqori xavf guruhiga kiruvchi shaxslar, shuningdek, notinch oilalar va spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan fuqarolar mahalla binosida tashkil etilgan “Filtr” guruhiga olib kelinib, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Shu orqali ehtimoliy huquqbuzarliklarning oldi olishga erishildi.
Bundan tashqari, tashkilot va idora xodimlari tomonidan uyma-uy yurilib, fuqarolarning muammolari o‘rganildi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев