» » Akmal Toshpulotovich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida qarashli arzonlashtirilgan go‘sht savdo do‘koni ochildi

Akmal Toshpulotovich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida qarashli arzonlashtirilgan go‘sht savdo do‘koni ochildi

Hududimizda aholini sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etmoqda. Ana shunday ezgu tashabbuslardan biri sifatida Qo'rg'oncha mahallasida Akmal Toshpulotovich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi tomonidan arzonlashtirilgan go‘sht savdo do‘koni foydalanishga topshirildi.
Yangi savdo do‘konida go‘sht mahsulotlari quyidagi narxlarda taklif etilmoqda:
🥩Mol go‘shti – 110 ming so‘m
🥩Qo‘y go‘shti – 110 ming so‘m
🍖Muzlatilgan mol go‘shti – 75–80 ming so‘m
🥩Muzlatilgan qo‘y go‘shti – 90 ming so‘m
🍗O‘rdak go‘shti – 45–60 ming so‘m
🍗Tovuq go‘shti – 30–45 ming so‘m


Savdo do‘konida mahsulotlar sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya etilgan holda, sifat nazorati asosida aholiga yetkazib berilmoqda. Narxlarning bozordagiga nisbatan arzonligi esa fuqarolar uchun katta qulaylik yaratmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев