Ayni damda Toyloq tumanidagi Axborot kutubxona markazida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga bag‘ishlangan haftalik doirasida ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasida “Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z.Avazov, “Qo‘shchinor” gazetasi muharriri M.Yo‘ldosheva, ma’naviyat targ‘ibotchilari hamda tanlov ishtirokchilari qatnashmoqda.Tadbirda so‘zga chiqqan Z.Avazov ilmli, mutolaaga oshno xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yosh avlodni ma’rifatli etib tarbiyalashdagi mas’uliyati haqida alohida ta’kidladi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘qigan kitoblari, ularning mazmun-mohiyati hamda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish borasidagi tashabbuslari bilan o‘zaro bellashmoqda.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
TELEGRAM | FACEBOOK | INSTAGRAM |

комментариев