
Maktabimiz teatr jamoasi va teatr bo'limi o'qituvchilari tomonidan tumandagi 17-umumta'lim maktabi bilan tuzgan hamkorlik memorandumi asosida musiqa va san’at maktabi va umumum ta'lim maktabi o'quvchilar bilan birgalikda buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi tayyorlashdi.

Sahna ko'rinishi Sohibqironning hayoti, uning jasorati, dono davlat boshqaruvi hamda Hazrati Xizir bilan uchrashuv sahnasi bilan yodda qoldi. Sahnada dastlab ustozlar tomonidan ijro etilgan monolog va sahna etikasini ko'rishimiz mumkin shuningdek o'quvchilar Amir Temur hayotining so'ngi kunlarini ham namoish etishdi.
комментариев