Ushbu tadbirda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, tuman IIB boshlig‘i Eldor Raxmatov, shuningdek, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va tegishli tashkilotlar vakillari qatnashdi.Seminar davomida qishloq xo‘jaligida dolzarb masalalardan biri bo‘lgan g‘alla parvarishi, hosildorlikni oshirish hamda turli kasalliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan g‘allani samarali parvarishlash uchun agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, ekinlarni oziqlantirishda zarur mineral va mahalliy o‘g‘itlardan oqilona foydalanish, ularni belgilangan me’yorlarda qo‘llash bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. Bu esa nafaqat hosildorlikni oshirish, balki tuproq unumdorligini saqlash va yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев