» » “Rajab-Suyun-Nur bog‘i” fermer xo‘jaligida agrar sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

“Rajab-Suyun-Nur bog‘i” fermer xo‘jaligida agrar sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Baxshitepa agrofirmasiga qarashli “Rajab-Suyun-Nur bog‘i” fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan ishlar yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda hudud fermerlari, soha mutaxassislari hamda mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida agrar sohani yanada rivojlantirish, mavjud yer maydonlaridan samarali va oqilona foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish hamda hosildorlikni oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan ilg‘or tajribalar misolida intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish, suv resurslaridan tejab-tergab foydalanish va mineral o‘g‘itlarni ilmiy asosda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, agrofirmada amalga oshirilayotgan ariqlarni betonlashtirish ishlari alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, ariqlarni betonlashtirish suv yo‘qotilishining oldini olish, sug‘orish samaradorligini oshirish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mazkur tajribani hududdagi barcha fermer xo‘jaliklarida keng targ‘ib qilish va bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев