» » “Besh tashabbus olimpiadasi”ning para sport turlari bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning para sport turlari bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20-may kuni Samarqand shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning para sport turlari bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada tumandoshlarimiz munosib ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etdi:

♟ Shaxmat (ICSD)
🥇 Asrorova Sharifa — I o‘rin

♟ Shaxmat (IBSA)
🥈 Imonova Shaxzoda — II o‘rin

🏓 Stol tennisi
🥉 Shayqulova Xilola — III o‘rin

Tumandoshlarimiz para sport yo‘nalishida jami 3 ta medalni qo‘lga kiritib, tumanimiz sharafini munosib himoya qilib qaytdilar.

👏 G‘olib va sovrindor sportchilarimizni muborakbod etamiz hamda ularga kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇 
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев