7–8 mart kunlari Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi safida munosib ishtirok etgan Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 10-sinf o‘quvchisi Eshpulatov Jo'rabek yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.90 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan yosh sportchimiz keskin va murosasiz bellashuvlar orqali faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Mazkur natija orqali u joriy yilning 22–31 oktabr kunlari Senegalda bo'lib o'tadigan "Dakar-2026" o‘smirlar Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun jamg‘arib borilayotgan qimmatli reyting ochkolarini ham o‘z hisobiga qo‘shib oldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев