» » Toyloqda "Xalqlar do‘stligi kuni" keng nishonlandi

Toyloqda "Xalqlar do‘stligi kuni" keng nishonlandi

30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan Toyloq tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Tadbirda turli millat va elat vakillari, Tuman hokimi B. Rahmatullayev, Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo'limi boshlig'i A.Nabijonov ishtirok etdi.
Tuman hokimi ishtirokchilarni bayram bilan qutlab, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik eng yuksak qadriyatlardan biri ekanini ta’kidladi. 
Bayram dasturida 21-umumta’lim maktabi o‘quvchilari hamda tuman Madaniyat bo‘limi ijodkorlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
Tadbir yakunida  faol ishtirokchilarga tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari hamda kitoblar jamlanmasini topshirildi. 
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇 
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев