» » Zulfiya Isroilova tavalludining 111-yilligiga bag‘ishlangan tanlov o‘tkazildi

Zulfiya Isroilova tavalludining 111-yilligiga bag‘ishlangan tanlov o‘tkazildi

Toyloq tumanida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, O‘zbekiston xalq shoirasi, jamoat arbobi va matonat timsoli bo‘lgan Zulfiya Isroilova tavalludining 111-yilligi munosabati bilan “Zulfiya izdoshlari” tanlovi tashkil etildi.
 ✅Tuman 1-son texnikumi faollar zalida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbir yosh avlodni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash, ular qalbida adabiyotga mehr uyg‘otish hamda iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi.
 ✅Tadbirda Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi raisi, tuman Oqila ayollar harakati rahbari Dilafro‘z Ulug‘boyeva hamda deputat Nasiba Mo‘minova ishtirok etib, hakamlar hay’ati a’zosi sifatida qatnashdilar. Ular ishtirokchilarning chiqishlarini xolisona baholab, har bir shart bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
 
✅Tanlov davomida o‘quvchi-qizlar bir nechta shartlar asosida bellashdilar. “Tanishtiruv” shartida ishtirokchilar o‘z orzu-intilishlari va hayotiy maqsadlarini ifoda etdilar. Zulfiya she’rlarini ifodali o‘qish jarayonida esa shoiraning ma’naviy merosi, ayol qalbining nozik kechinmalari va hayotga muhabbat ruhi yuksak mahorat bilan namoyon qilindi.
 
✅Shuningdek, sahna ko‘rinishlari, milliy raqs va pazandalik yo‘nalishlaridagi chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Ishtirokchilarning ijodkorligi, zukkoligi va salohiyati yana bir bor namoyon bo‘ldi.
 
✅Tadbir yakunida faol va iqtidorli o‘quvchi-qizlar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar. Jumladan, “Malikalar malikasi”, “Eng nafosatli”, “Eng latofatli”, “Eng zukko”, “Eng orasta”, “Eng epchil” hamda “Eng bilimdon” nominatsiyalari g‘oliblari aniqlanib, faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. 
 ✅Mazkur tanlov nafaqat yoshlarning iste’dodini kashf etish, balki ularni milliy qadriyatlar va adabiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar kelajak avlodni barkamol va komil insonlar etib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев